Atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924 ming tonnani tashkil etgan – Statqo‘m
Atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar sifatida Toshkent (46,5 foiz) va Qashqadaryo viloyatlari (13,9 foiz) qayd etilgan.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, butun respublika bo‘yicha havoni ifloslantiruvchi statsionar manbalardan atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani tashkil etgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Toshkent (46,5 foiz) va Qashqadaryo viloyatlari (13,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eng kam ulush esa Jizzax (0,4 foiz), Surxondaryo (0,7 foiz) hamda Xorazm viloyatlarida (0,7foiz) qayd etilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston hududida atrof-muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangandi. Nizomga ko‘ra, kompensatsiya miqdori ko‘paytirilgan va imtiyozli turlarga bo‘linadi. Ya'ni sanoat korxonalariga atmosferaga chiqarilayotgan chang va gazlarni ushlab qoluvchi uskunalar joylashtirilgan bo‘lsa, to‘lov miqdori kamaytiriladi, aks holda oshiriladi. Agar barcha chora-tadbirlar bajarilsa, 2030 yilgacha atmosferaga zararli moddalar chiqarilishi 10 foizga kamayishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:28 / 05.04.2024
Olimlar Yerdagi eng toza havoga ega joy nomini aytishdi
19:05 / 15.03.2024
Angren IES atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uchun 533 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi
07:13 / 03.11.2023
Toshkent va viloyat markazlarida ayrim transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin
20:45 / 08.09.2023