Hasanboy Do‘smatov ilk bosqichdayoq yutqazib qo‘ydi, Aslonov va Ja'farov yurishini davom ettiradi
Serbiya poytaxti Belgradda boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. 26 oktabr kungi janglarda o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi ringga ko‘tarildi.
-80 kg vaznda Odiljon Aslonov avtomatik ravishda 1/16 finalga yo‘llanma oldi, uning raqibi tanzaniyalik Yusuf Changalavey noma'lum sabablarga ko‘ra ringga chiqmadi.
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov 1/8 final doirasida qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga ko‘tarildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda hakamlar Bibossinovni g‘olib deb topishdi. Ma'lum muddatli tanaffusdan keyin havaskor boksga qaytgan Do‘smatov esa jahon chempionatini erta tark etdi.
-75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja'farov 1/32 final doirasida slovakiyalik Lukas Fernetsaga qarshi ringga ko‘tarildi. Har uchala raundda faol harakat qilgan Ja'farov hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, Jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Birinchi kungi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini -67 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1/32 final doirasida irlandiyalik Brendon Makkiverni 5:0 hisobida mag‘lub etgan holda 1/16 finalga yo‘l olgandi.
27 oktabr kuni -86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullayev ilk jangida belgiyalik Viktor Shelstrit bilan ro‘baro‘ keladi.
Mavzuga oid
20:26 / 09.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi
01:59 / 09.08.2024
Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni!
10:33 / 08.08.2024
Parij-2024. Rashitov ishtirokini boshlaydi, Do‘smatov oltin uchun ringga chiqadi
20:17 / 04.08.2024