O‘zbekistonda eng ko‘p toksik chiqindilar qaysi hududlarda hosil bo‘layotgani ma'lum qilindi
O‘zbekistonda hosil bo‘lgan toksik va notoksik chiqindilar miqdori aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma'lumotida aytilishicha, 2020 yil yakunlariga ko‘ra respublika bo‘yicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil bo‘lgan jami chiqindilar miqdori 125,6 mln tonnani tashkil etdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Navoiy viloyatida ekani ma'lum bo‘lgan – 48,2 foiz. Keyingi o‘rinlardan Toshkent viloyati (34,6 foiz) va Jizzax viloyati (9,1 foiz) joy oldi.
Aksincha, toksik va notoksik chiqindilar bo‘yicha eng kam ulush Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 0,01 foiz. Keyingi o‘rinlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,02 foiz) hamda Farg‘ona viloyati (0,03 foiz) joy oldi.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus obektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.
Hujjat bilan belgilanishicha, zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va poligonlar Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagilarni ta'minlash topshirildi: maxsus obektlarda olib boriladigan rekultivatsiya va obodonlashtirish ishlarining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini; har chorakda maxsus obektlar atrofida zaharli moddalarning tarqalishini aniqlash bo‘yicha tuproq va yer osti suvlari tarkibi kimyoviy tahlildan o‘tkazib borilishini.
Mavzuga oid
14:59 / 10.11.2024
2024 yilda o‘qish uchun xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
09:45 / 10.11.2024
O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024