Jahon | 07:49 / 27.10.2021
7746
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung rahbari kuchli uyqu doridan foydalangani uchun jarimaga tortildi

Samsung Electronics vitse-prezidenti Li Chje Yon kuchli ta'sir qiluvchi uyqu dori “Propofol”dan noqonuniy foydalangani uchun yirik jarimaga tortildi.

Foto: Reuters

Seul sudi Liga 2015 yildan 2020 yilgacha anesteziyada qo‘llanuvchi “Propofol” vositasi bir necha marta kiritilgani uchun uni 60 ming dollar jarimaga tortdi.

Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, “Propofol”ni faqatgina plastik jarrohlik klinikalarida qo‘llashga ruxsat beriladi. Ayblov ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung rahbari 2015 yil yanvarda va 2020 yil mayda ushbu vositadan umumiy hisobda 41 marta foydalangan.

Poraxo‘rlik, mablag‘larni sarflab yuborish va boshqa ayblovlar bo‘yicha sudlangan Li Chje Yon 2021 yil avgustda shartli ravishda muddatdan oldin ozod qilingan.

Li 2020 yil yanvarda ushbu ayblovlar bo‘yicha 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Prokuratura unga 9 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragan. Keyinroq Janubiy Koreya bosh vaziri Samsung rahbarining o‘z lavozimiga qaytishi zarurligini qo‘llab-quvvatlagan. Uning fikricha, Li Chje Yonning jahon miqyosidagi kompaniya boshqaruviga qaytishi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi. 

Mavzuga oid