Sirdaryoda korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a'zolari OAV uchun hisobot berdi
2021 yil 27 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a'zolari OAV oldida hisobot berdi. Unda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida viloyatda aniqlangan korrupsiya holatlari haqida ma'lum qildi.
Joriy yilning 9 oyida Sirdaryo viloyatida 225 ta turli toifadagi mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularning 185 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 47 nafari firibgarlik, 2 nafari nodavlat tashkilotida o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilish, 5 nafari mansabini suiiste'mol qilish va boshqalardan iborat.
Jinoyat sodir qilgan davlat xizmatchilari hududlar kesimida tahlil qilinganida Guliston shahrida 80, Boyovut tumanida 39, Yangiyer shahrida 28, Sirdaryo tumanida 24, Mirzaobod tumanida 23, Oqoltin va Sayxunobod tumanlarida 21, Guliston va Sardoba tumanlarida 20, Xovos tumanida 17 va Shirin shahrida 6 nafarni tashkil qiladi.
Bular ayniqsa qurilish (76 nafar), xalq ta'limi (36), sog‘liqni saqlash (15), bank (13) va maktabacha ta'lim (9) sohalarida ko‘proq uchragan.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 26,6 milliard so‘m moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan. Mazkur toifadagi jinoyat ishlarining tergovi jarayonida 22,1 milliard so‘mi yoki 83 foizi undirilishi ta'minlangan.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024