Buxoroda yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi. Bu bir hafta davomidagi ikkinchi holat
Buxoro viloyatining Buxoro tumani hududida yuk avtomobili ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, holat 2021 yil 27 oktabr kuni soat 04:15 larda Buxoro viloyati, Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “Buxoro-Xorazm” avtomobil yo‘lining 236-kilometrida sodir bo‘lgan. 1967 yilda tug‘ilgan haydovchi B.Q. “Volvo” yuk mashinasini boshqarib ketayotib, uxlab qolgan. Buning oqibatida mashina yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. YTH yuzasidan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
2021 yilning 21 oktabr kuni ham Buxoro viloyatining Vobkent tumani hududida yuk avtomobili beton to‘siqqa urilgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024