Ilon Mask yirik shartnoma hali imzolanmaganini aytgandan keyin Tesla aksiyalari arzonlashib ketdi
Tesla asoschisi Ilon Mask Twitter’da Hertz kompaniyasi bilan 100 mingta elektromobil yetkazish bo‘yicha shartnoma hali imzolanmaganini ma'lum qildi. Maskning ushbu tvitidan keyin Tesla aksiyalari narxi 4,5 foizga tushib ketdi.
O‘tgan hafta avtomobillarni ijaraga beruvchi Hertz kompaniyasi Mask kompaniyasi bilan 2022 yil oxirigacha 100 mingta avtomobil yetkazish bo‘yicha kelishib olganini ma'lum qilgan. OAVning baholashicha, bitim qiymati 4,2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Shu xabardan keyin Tesla aksiyalari 9 foizga qimmatlashib, kompaniya kapitallashuvi tarixda ilk bor 1 trln dollardan, Maskning boyligi esa 300 mlrd dollardan oshgandi.
Mask Twitter’da o‘z kompaniyasi aksiyalarining oxirgi kunlarda o‘sishi grafigiga izoh berib, agar bu dinamika Hertz bilan bog‘langan bo‘lsa, shartnoma hali imzolanmaganini ma'lum qilgan. “Agar bu Hertz bilan bog‘langan bo‘lsa, shartnoma hali imzolanmadi. Tesla’da talab taklifdan yuqori, shu sababli biz Hertz’ga avtomobillarni qolgan mijozlarga sotadigan marja bilan sotamiz. Hertz bilan bitim iqtisodiyotimizga ta'sir ko‘rsatmaydi”, deb aytgan Mask.
Hertz’da hozircha Maskning so‘zlariga izoh berilmagan.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024