Iroqda 300ga yaqin odam taomdan ommaviy zaharlandi
Iroq janubida joylashgan Maysan viloyatida kamida 290 kishi ommaviy zaharlandi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, odamlarda kafelardan birida tanovul qilgandan keyin zaharlanish alomatlari kuzatilgan. Huquq-tartibot idoralari kafe egasini va voqeaga aloqadorlikda gumonlangan yana 6 kishini qo‘lga olgan.
Shu bilan birga, viloyat sog‘liqni saqlash departamenti vakilining ma'lum qilishicha, ommaviy zaharlanishga taom emas, suvdagi infeksiya sabab bo‘lishi mumkin. Uning aytishicha, ayni vaqtda infeksiya manbasini aniqlash uchun tegishli laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda. Barcha jabrlanuvchilar shifokorlar nazoratida qolmoqda va ularga tegishli yordam ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq Misrning Xurgada kurort shahridagi mehmonxonalardan birida 40 nafar rossiyalik sayyoh zaharlangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
20:26 / 13.08.2024