Ukraina mudofaa vaziri iste'foga chiqishga qaror qildi
Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran mamlakat parlamenti — Oliy radaga iste'foga chiqishi haqida ariza berdi. Bu haqda hukumatning radadagi vakili Taras Melnichuk ma'lum qildi.
Taran ushbu lavozimni 2020 yil 1 martdan beri egallab kelayotgandi.
Melnichukning ta'kidlashicha, Ukraina parlamenti 3 noyabrda 4 nafar vazir, jumladan, atrof-muhit va tabiiy zaxiralar vaziri Roman Abramovskiy, iqtisodiyot vaziri Aleksey Lyubchenko, vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi bo‘yicha vazir Aleksey Reznikov va sanoatning strategik tarmoqlari masalalari bo‘yicha vazir Oleg Uruskiyning iste'foga chiqarilishi masalasini ko‘rib chiqadi.
Avvalroq “Xalq xizmatkori” fraksiyasida mudofaa vaziri Andrey Taran sog‘lig‘idan shikoyat qilayotgani, shu sababli uning lavozimini boshqasi egallashi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024