Zambiyaning katta qismi elektrsiz qoldi
Bu oxirgi ikki oy ichida deyarli butun Zambiya hududida elektr ta'minoti uzilishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir.
Elektr tarmoqlari obektlarining bir qismi ishdan chiqqani sababli Zambiyaning katta qismi elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda Zambia 24 portali xabar berdi.
“3 noyabrdan buyon davom etayotgan elektr ta'minoti uzilishi kuchli yomg‘irlar natijasida asosiy nimstansiyalarda yuzaga kelgan nosozliklar bilan bog‘liq. Shuningdek, magistral elektr uzatish liniyalariga daraxtlar qulashi qayd etilgan”, deyiladi Zesco davlat energetika kompaniyasi xabarida.
Bu oxirgi ikki oy ichida deyarli butun Zambiya hududida elektr ta'minoti uzilishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir.
8 oktabr kuni ham avariya natijasida Zambiyaning katta qismi, poytaxt Lusaka shahri ham elektrsiz qolgandi. O‘shanda “Shimoliy Kariba” GESidagi qurilma ishdan chiqqandi.
Mavzuga oid
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:35 / 04.09.2024
Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi
16:01 / 31.08.2024