O‘zbekiston | 16:59 / 09.11.2021
21852
2 daqiqa o‘qiladi

“Odamlarni rozi qilish bo‘yicha hali ishlarimiz yetarli emas” – prezident sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda

Vazirlar Mahkamasida tibbiyot sohasiga mas'ul bo‘lgan amaldor lavozimidan ozod qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurak qon-tomir kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

“Tibbiyot mavzusi saylovoldi dasturimizdan keng o‘rin olgandi. Odamlarning noroziligi tibbiyotning sifati yo‘qligi tufayli paydo bo‘lyapti. Odamlarni rozi qilish bo‘yicha hali ishlarimiz yetarli emas. Bugun kardiologiya va yashil hudud bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishimiz lozim. Bugungi yig‘ilishda kardiologiya bilan birga endokrinologiya masalalari ham muhokama qilinishi lozim edi.

Lekin Endokrinologiya markazining yangi binosi, rahbari kabi masalalar hanuz yechimini topmagani uchun yig‘ilish kun tartibidan chiqarib yuborildi.

Meni hayron qoldirgani haligacha Endokrinologiya markazining rahbari yo‘q ekan. Qanday qilib bunga yo‘l qo‘yish mumkin?

Xalqimizni rozi qilish uchun har bir viloyatda hokimlar kamida 1 oy davomida tibbiyotdagi muammolarni tizimli o‘rganadi. Shularni mujassam qilib, keyin dastur qabul qilamiz. Odamlarga va'da berdik, endi bajarishimiz shart. Bu rejalarni amalga oshirish bo‘yicha tinmay ishlashimiz kerak”, – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Mavzuga oid