O‘zbekiston | 07:51 / 10.11.2021
13019
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar endilikda pensiya hisobvarag‘ida qancha mablag‘ yig‘ilganini onlayn tarzda bilib olishi mumkin

O‘zbekistonliklar endilikda pensiya hisobvarag‘ida qancha mablag‘ yig‘ilganini onlayn tarzda bilib olishi mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.

Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev

Qayd etilishicha, 2005 yildan kuchga kirgan «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi qonundan hanuzgacha bexabarlar ko‘p. 

“Aksariyat kishilar shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘ni nafaqaga chiqqanida har oy oladigan pensiya puli bilan adashtirdi.

Bu haqida ma'lumotga ega bo‘lganlar esa hisobvarag‘iga qancha mablag‘ yig‘ilganini bilish uchun bankka tez-tez qatnab turadi.

Axir, bu nafaqaga chiqqanda yillar davomida to‘planib turgan mablag‘ni (har oylik pensiyadan tashqari) bir marotaba ulgurji yoki bo‘lib-bo‘lib olish imkoniyati-ku”, deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, my.gov.uz manzilida nafaqat shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma'lumotga ega bo‘lish, balki tegishli ma'lumotnomani tez va oson yuklab olish imkoniyati ham bor.

Ma'lumot uchun, muammo va xatoliklar yuzasidan Xalq bankining (71) 210-20-02 yoki 1106 ishonch raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Mavzuga oid