Jamiyat | 20:27 / 10.11.2021
2389
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qoidalarni buzib harakatlangan Nexia boshqa bir Nexia bilan to‘qnashdi. Yo‘lovchi tan jarohati oldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikkita Nexia to‘qnashgan. Oqibatda yo‘lovchilardan biri tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 8 noyabr kuni soat 16:37 da davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-100 avtomobil yo‘lining Denov tumani, «Tasmasoy» MFY hududidan o‘tuvchi 168-kilometrida ikkita Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

1997 yilda tug‘ilgan haydovchi D.R. Nexia mashinasida harakatlanayotib, quvib o‘tish qoidalarini buzgan va 1987 yilda tug‘ilgan F.B. boshqaruvidagi Nexia mashinasi bilan to‘qnashgan. So‘ng boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi temir ustunga urilgan.

Oqibatda, qoidabuzar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan G.T. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, har ikkala mashina jiddiy shikastlangan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Denov tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid