O‘zbekiston | 07:28 / 12.11.2021
5992
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida 4 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, 12 noyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 06:38da yer silkinishi qayd etildi

Episentr: Andijon viloyati, Jalaquduq tumani. Yer silkinishi koordinatalari: 40,8 gradus shimoliy kenglik; 72,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 10 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 298 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Jalaquduq tumanida - 4 ball, 10 km;
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida - 3-4 ball, 14 km;
  • Andijon tumanida - 3 ball, 21 km;
  • Xo‘jaobod tumanida - 3 ball, 21 km;
  • Xonobod tumanida - 2-3 ball, 29 km;
  • Andijon shahrida - 2-3 ball, 30 km;
  • Buloqboshi tumanida - 2-3 ball, 30 km;
  • Paxtaobod tumanida - 2-3 ball, 31 km;
  • Izboskan tumanida - 2 ball, 40 km;
  • Asaka tumanida - 2 ball, 43 km;
  • Oltinko‘l tumanida - 2 ball, 44 km;
  • Marhamat tumanida - 2 ball, 47 km.

Mavzuga oid