Suriya aviakompaniyasi Minskka parvozlarni to‘xtatdi
Avvalroq Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Minskka reyslariga Iroq, Suriya va Yaman fuqarolarini olmasligini ma'lum qilgandi.
Suriyaning Cham Wings aviakompaniyasi Minskka parvozlarni to‘xtatishini e'lon qildi.
«Belarus-Polsha chegarasidagi og‘ir vaziyatni va Minskka uchayotgan aksariyat yo‘lovchilarning suriyaliklar ekanligi hamda ularning so‘nggi manzili Belarusligini aniqlash qiyinligini hisobga olib parvozlarni zudlik bilan to‘xtatamiz», — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Avvalroq Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Minskka reyslariga Iroq, Suriya va Yaman fuqarolarini olmasligini ma'lum qilgandi.
Shuningdek, Iroqning Iraqi Airways milliy aviakompaniyasi Minskka parvozlarni tiklamaslikka qaror qildi.
Mavzuga oid
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
11:28 / 23.08.2024
YeI yana Minskni barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi
22:55 / 11.08.2024