Fan-texnika | 17:56 / 14.11.2021
33287
4 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng yaxshi ixtirolari, Oyga parvozni kechiktirgan NASA, boshqaruvchisiz yuk mashinasi – hafta texnologik dayjesti

Kun.uz yakunlanayotgan haftadagi eng qiziqarli texnoxabarlarni jamladi.

NASA

2021 yilning eng yaxshi ixtirolari

Time nashri 2021 yilning eng yaxshi ixtirolarini e’lon qildi.

Mualliflar eng yaxshi dasturlar deb ma’lumotlar izlovchi Neeva, Subdial trevoga tugmasi dasturlari va interfaol xarita MTA Live Subway Map’ni topishgan.

“VR va AR” bo‘limiga Lenovo ThinkReality A3 Smart va Qualcomm Snapdragon XR2 virtual reallik ko‘zoynaklari, Google Maps uchun to‘ldirilgan reallik rejimi kiritilgan.

“Iste’molchilik elektronikasi” bo‘limidan Paper Shoot Camera fotoapparati, Samsung Galaxy Z Flip3 buklanuvchi smartfoni, Framework Laptop noutbugi, Vecnos IQUI “aqlli” selfi-tayoqchasi, JLab JBuds Frames smart-ko‘zoynaklari joy olgan.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi eng yaxshi ixtirolar qatoriga koronavirus va bezgakka qarshi vaksinalar kiritilgan.

Hyundai’dan retrofuturizm uslubidagi elektromobil

Hyundai kompaniyasi qayta tiklangan va modifikatsiya qilingan Heritage seriyasidagi ikkinchi avtomobilni namoyish etdi.

Kompaniya Mitsubishi bilan birgalikda chiqargan 1986 yil Grandeur sedani modelini yangiladi.

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi deyarli 80-yillardagi kabi, biroq unga pikselli svetodiod fara va chiroqlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ayrim bezak elementlari xrom bilan qoplangan.

Mashina ichida hamma narsa o‘zgartirilgan: ovoz va boshqaruv paneliga ega keng formatli sensor ekran o‘rnatilgan, fon yoritgichi va ko‘zgu effektidagi tom qo‘yilgan. Bundan tashqari, soatlarni saqlash uchun maxsus slot va virtual pianino kabi yashirin detallar ham bor.

Xitoy kompaniyasidan Homtruck elektr yuk mashinasi

Yangi elektr yuk mashinasi Yevropa, Koreya, Yaponiya va Shimoliy Amerika bozorlariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Homtruck metanoldagi gibrid elektr dvigatel va faqat elektr dvigatelda taqdim etiladi. Yuk mashinasida dush, hojatxona, bir kishilik karavot, muzlatgich, oshxona hududi va kir yuvish mashinasi bo‘ladi.

Elektr yuk mashinasi boshqaruvchisiz mashina haydash texnologiyasidan qisman foydalanadi. Uzoq vaqt yurish davomida mashinalar bir-biri bilan hamkorlik qilishi, xavfsiz tezlik va masofani saqlab turishi mumkin.

2026 yilga borib kompaniya avtonom boshqarish funksiyasini yaxshilashni va 2030 yilgacha esa Homtruck’ni to‘liq boshqaruvchisiz elektr yuk mashinasiga aylantirishni rejalashtirmoqda.

NASA Oyga parvoz sanasini o‘zgartirdi

AQSh Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish bo‘yicha milliy boshqarmasi Oyga parvoz va qo‘nish sanasini 2025 yilga ko‘chirdi.

Bundan tashqari, parvoz muddati o‘zgartirilishiga texnik murakkabliklar ham ta’sir o‘tkazdi. 2017 yilda sobiq prezident Donald Tramp administratsiyasi 2024 yilni astronavtlarning Oyga qo‘nishi sanasi deb belgilagan edi. Bungacha mazkur jarayon 2028 yilga rejalashtirilayotgandi.

Blue Origin kompaniyasi NASA’ning Oyga yangi missiyasi uchun qo‘nish modulini loyihalash bo‘yicha SpaceX’ning tanlanishiga qarshi chiqishga harakat qildi. Jyeff Bezos kompaniyasi ham Dynetics mudofaa pudratchisi sifatida bu vazifani bajarishga da’vogar edi.

Mavzuga oid