Buxoro tibbiyot institutida texnik xodim innovatsiya sohasi bo‘yicha rag‘batlantirildi
Joriy yilda Buxoro davlat tibbiyot institutida innovatsiya sohasiga aloqasi bo‘lmagan texnik xodim innovatsiya sohasi bo‘yicha rag‘batlantirilgan. Shuningdek, ta'lim dargohida 137 million so‘mga yaqin stipendiya, ish haqi va boshqa to‘lovlar noqonuniy to‘langan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.
Agentlik matbuot kotibi Durdona Ochilova Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ayrim OTMlarda korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar, unga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlar, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish, ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarning to‘lanishi hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi o‘rganilganida, qator qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan.
“Buxoro davlat tibbiyot institutida 137 mln so‘mga yaqin stipendiya, ish haqi va boshqa to‘lovlar noqonuniy to‘langan hamda xodimlarni rag‘batlantirishda ijtimoiy adolat va tenglik prinsiplari buzilgan.
Shuningdek, joriy yil ushbu ta'lim muassasasida innovatsiya sohasiga aloqasi bo‘lmagan texnik xodim innovatsiya sohasi bo‘yicha rag‘batlantirilgan. Institut akademik litsey binosini ta'mirlash bo‘yicha berilgan 27,5 mlrd so‘mdan ziyod e'lon o‘rganilganida, qurilish ishlari aslida bajarib bo‘lingani ma'lum bo‘ldi”, – deyiladi Kun.uz’ga taqdim qilgan axborotda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida ishlar davom ettirilishini ma'lum qildi.
Avvalroq, oliy ta'lim tizimida davlat xaridlari va to‘lovlar bo‘yicha milliardlab so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlangani xabar qilingan edi. Xususan, Buxoro davlat universiteti tomonidan qurilish tanlovlarini o‘tkazishda 20 milliard so‘mlik, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan o‘tkazilgan 1,1 milliard so‘mlik tanlovlarda davlat xaridlariga oid qonun talablariga rioya etilmagan.
Mavzuga oid
09:00 / 25.08.2021
Buxoro davlat Tibbiyot instituti to‘rt yilda bir necha o‘n pog‘ona ilgariladi
16:56 / 12.05.2021
Buxoro davlat tibbiyot instituti chekka hududlardagi shifoxonalarga ilmiy-amaliy yordam berishni boshladi
18:08 / 29.04.2021
Auksiondagi o‘yinlar. Buxoro tibbiyot institutidagi qonunbuzilish holatlari tasdiqlandi
17:53 / 06.04.2021