Sirdaryoda issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi bilan hamkorlikda issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev energetika sanoatida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi bosh direktori Axmet Jyengiz boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, Xovos tumanida qiymati 150 mln dollarlik 220 megavatt quvvatga ega bo‘lgan IES qurish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Muzokaralardan so‘ng delegatsiya a'zolari Xovos tumaniga tashrif buyurdi. Tumanning Mustaqillik mahallasi hududida issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. 7 gektar yer maydoniga qurilishi mo‘ljallangan IES ishga tushirilishi bilan 80 ta ish o‘rni yaratiladi. Qurilish davrida esa 450 nafar ishchi kuchidan foydalaniladi.
IES qurilishini 2022 yilning avgust oyiga qadar tugatish rejalashtirilgan. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasi «Milliy energo tizim»ga ulanadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,76 mlrd kilovatt soatni tashkil etadi. Buning uchun yillik 385 mln metr kub tabiiy gaz talab etiladi. Odatiy stansiyalarga nisbatan 150 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
12:50 / 21.10.2024
Kubada millionlab aholi IESdagi avariya tufayli elektrsiz qolmoqda
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024