Surxondaryoda fuqaroning Captiva mashinasini firibgarlik bilan sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning Captiva mashinasini firibgarlik bilan sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 19 oktabr kuni Denov tumani Ibn Sino mahallasida yashovchi, S.Ilhom tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasiga ko‘ra, 2021 yil may oyida, Sho‘rchi tumanida yashovchi, L.Rustam Captiva mashinasini 150 million so‘mga savdolashib, boshidan 15 million so‘m berib, qolgan pulni bir oy muddatda berishini va'da qilgan holda mashinani olib ketgan.
Oradan 15 kun o‘tganidan so‘ng ushbu Captiva’ni Sho‘rchi tumanida yashovchi Doston ismli shaxsga 135 million so‘mga sotib, uning nomiga rasmiylashtirib bergan. Ammo S.Ilhomdan qarz bo‘lgan 135 million so‘m pullarini bermasdan shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 1 noyabr kuni L.Rustamga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
07:36 / 09.12.2021
Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va'da qilgan SSP xodimi ushlandi
17:39 / 06.12.2021
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi
13:25 / 06.12.2021