Qibrayda fermer xo‘jaligining 1,9 gektar yeri uchun 605 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi
DXX 3ta hududda yer sotish evaziga jami 700 ming dollarga yaqin pul talab qilgan fuqarolarni qo‘lga oldi.
Toshkent shahri, Xorazm va Toshkent viloyatlarida yer sotish evaziga katta miqdorda pul talab qilib, uning bir qismini olgan bir necha kishi qo‘lga olindi.
DXX axborot xizmati xabarida ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan 1,9 gektar yer maydonini olib berish evaziga undan 605 ming AQSh dollari talab qilishadi.
DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan puldan 60 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Xiva shahrida yashovchi fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsdan Urganch shahri hududidan 2 sotix yer maydoni olib berish uchun 30 ming AQSh dollari talab qilgan. U 20 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro esa o‘g‘liga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaligining 1,8 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming dollar talab qilgan.
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari o‘tkazgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
- Avvalroq, Namangan viloyatidagi tumanlardan birining Davlat soliq inspeksiyasi rahbari, Xorazm viloyatida esa Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi yer sotish evaziga katta miqdorda pul olayotgan vaqtda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
17:25 / 04.11.2024