Surxondaryoda fuqarolarning omonatga qo‘ygan mablag‘ini o‘zlashtirgan sobiq bank bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida fuqarolarning omonatga qo‘ygan mablag‘ini o‘zlashtirgan sobiq bank bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» tuman filialining murojaatiga asosan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda filialning chakana xizmatlari sobiq bo‘lim boshlig‘i J.T. 9 nafar fuqaroning omonatga qo‘yish uchun topshirgan jami 566 million so‘m naqd pullarini omonat hisobraqamlariga qo‘ymasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:17 / 29.10.2024
“Odamlar qiynalishyapti” – boysunliklar hukumatdan amaliy yordam kutmoqda
15:36 / 20.09.2024
“Yigitlarni o‘limning og‘ziga olib borishgan” – M25 konida halok bo‘lganlarning yaqinlari
09:51 / 24.04.2024
“Tormozida nosozlik yuzaga kelgan” – Boysundagi mudhish YTH bo‘yicha ma’lumot berildi
11:03 / 23.04.2024