Buxoroda 1 700 dollar evaziga fuqaroni o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Buxoroda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro S.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 700 AQSh dollari so‘ragan. U kelishilgan pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq 2 000 AQSh dollari evaziga Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
07:36 / 09.12.2021
Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va'da qilgan SSP xodimi ushlandi
17:39 / 06.12.2021
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi
13:25 / 06.12.2021