Sirdaryoda Prezident maktabi ochildi
Joriy yilning 20 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Prezident maktabi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Kun.uz’ga Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maktab ochilish marosimida davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, prezident maktabi pedagoglari va o‘quvchilari, nuroniylar va o‘quvchilar ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Dastlabki yilda maktabda 144 nafar o‘quvchi tahsil olishni boshladi. Kelgusi yildan beshinchi sinflarga yana 24 nafar o‘quvchi qabul qilinib, o‘quvchilar soni 168 nafarga yetkaziladi.
Ushbu o‘quvchilarga ko‘p bosqichli sinov asosida saralab olingan 21 nafar mahalliy hamda 11 nafar xorijlik o‘qituvchi ta'lim beradi. Darslar har bir fan tasnifiga qarab jihozlangan sinfxonalarda Kembrij o‘quv dasturi asosida o‘tiladi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev ta'limda yangicha yondashish bo‘lgan mazkur maktablardagi o‘quv jarayoni haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Avvalroq, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida prezident maktabi ochilganligi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
07:08 / 23.07.2024
Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
20:42 / 27.07.2023
Prezident maktabiga hujjat topshirganlar yana ikkita maktabga hujjat topshirishi mumkin
18:11 / 26.07.2023