Navoiyda 2,3 kg oltinni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Navoiy viloyatida 2,3 kg og‘irlikdagi sof quyma oltin muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, departament, DXX va Navoiy viloyati IIB tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro S.N. fuqaro R.dan 548 gramm bo‘lgan sof quyma oltinni 328,5 mln so‘mga, fuqaro B.dan 1,7 kg og‘irlikdagi oltinni 1,7 mlrd so‘mga xarid qilib, “Navoiy-Samarqand” yo‘nalishida “Nexia” mashinasida harakatlanib kelayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir yakunida S.N.dan jami 2,3 kg sof quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiyda noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan guruhni qum bosib qolishi oqibatida 4 kishi vafot etgandi.