O‘zbekiston | 09:52 / 23.11.2021
1846
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ishga kiritib qo‘yishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ishga kiritib qo‘yishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni, Muzrabot tuman Chegarachi mahallasida yashovchi, A.Avaz tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

U o‘z arizasida 2021 yil iyun oyida, Sariosiyo tumanida yashovchi, B.Bobomurod o‘zining ishonchiga kirib, ukasi V.Vohidni Muzrabot tumanidagi Harbiy qismga ishga kiritishni va'da qilib, 500 AQSh dollarini aldab olib ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 4 noyabr kuni B.Bobomurodga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid