Surxondaryoda qizning fotosuratlarini akasiga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib pul olayotgan yigit ushlandi
Termiz shahrida qizning fotosuratlarini akasiga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib pul olayotgan yigit qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Denov tumani So‘fi Olloyor mahallasida yashovchi, R.Salomat Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida tanishi Uzun tumani Yangihayot mahallasida yashovchi, N.Nuriddin 2 million so‘m talab qilayotganini, aks holda fotosuratlarini akasiga yuborish bilan tahdid qilayotganini bildirgan.
2021 yil 4 noyabr kuni soat 14:00 larda, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va shahar IIB xodimlari tomonidan R.Salomatning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida N.Nuriddin Termiz shahrining A.Avloniy mahallasi hududida, R.Salomatdan 2 million so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, joriy yil 4 noyabr kuni N.Nuriddinga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
15:48 / 07.03.2024
Qashqadaryoda uch bloger hibsga olindi. Ular tovlamachilikda gumonlanmoqda
14:37 / 03.02.2024
Toshkentda foizga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
09:05 / 21.01.2024