Samarqandda konteynerdan jonsiz holda topilgan ikki ishchi is gazidan vafot etgani ma'lum qilindi
Samarqand viloyatida «Agrokimyota'minotservis» kompaniyasiga tegishli konteynerdan ikki ishchining jasadi topilgan. Ularning o‘limiga qo‘lbola pechkadan chiqqan is gazi sabab bo‘lgani aniqlandi.
Samarqandda konteyner ichidan ikki nafar ishchining jasadi noma'lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ularning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ikki nafar yollanma ishchi 17 noyabr kuni «Agrokimyota'minotservis» MChJ hududidagi yashash uchun moslashtirilgan konteynerda qo‘lbola usulda yasalgan pechkadan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:11 / 18.08.2024
Samarqandda pul evaziga qarzdorlikni yopib bermoqchi bo‘lgan tuman gaz idorasi xodimi ushlandi
12:22 / 26.06.2024
Past Darg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi
17:05 / 04.03.2024
Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi
12:06 / 02.03.2024