O‘zbekiston | 07:41 / 27.11.2021
14365
3 daqiqa o‘qiladi

Dehqon xo‘jaligi uchun yerlarni ijaraga va ikkilamchi ijaraga berish qoidalari tasdiqlandi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamenti; yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamenti; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
 
Shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq tuman (shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar yer uchastkalarini taqdim etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Takliflar tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritiladi, shundan so‘ng ochiq elektron tanlovga qo‘yiladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi: shartnoma tuzish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi; investitsiya shartnomasi yoki DXSh asosida foydalanishga kiritilgan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishning alohida xususiyatlari; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berganlik uchun to‘lovlar.
 
Nizom qoidalari: yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan agrosanoat klasterlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga ijaraga berilgan yer uchastkalariga; davlat organlari va tashkilotlariga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno); davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki DXSh asosida ijaraga berilgan va ular tomonidan foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.

Quyidagi yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga berilmaydi: dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga berilgan yer uchastkalari (Yer kodeksning 243-moddasiga muvofiq vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin); jamoa bog‘dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun berilgan yer uchastkalari; investitsiya shartnomasi yoki DXSh shartlari asosida ijaraga berilib, foydalanishga kiritilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari.

Mavzuga oid