Surxondaryoda 9 tup chinor va 4 tup gujum daraxtini kesgan fuqaroga chora ko‘rildi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 9 tup chinor va 4 tup gujum daraxtini kesgan fuqaroga MJtKning 79-moddasi bilan chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Termiz tumanida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Reyd davomida Termiz tumanining Yangiobod mahallasi hududida tungi soat 19:30da Angor tuman Navshahar mahallasida yashovchi fuqaro R.J.ga tegishli bo‘lgan ZIL-130 hamda mahallada yashovchi A.Q.ga tegishli bo‘lgan ZIL-130 yuk mashinalari to‘xtatilgan.
Yuk mashinalari ko‘zdan kechirilganda ularga chinor va gujum daraxtlarining tana hamda shox-shabbalarini ortib olib ketayotgani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Termiz shahar Birdamlik ko‘chasida yashovchi fuqaro K.B. joriy yil 22 oktyabr kuni Termiz tumanidagi Yagona darcha orqali o‘z hududida o‘suvchanligini yo‘qotgan mevali daraxtlarni kesib olish haqida murojaat qilgan.
Biroq fuqaro K.B. tomonidan esa o‘ziga tegishli bo‘lmagan hududda mavjud bo‘lgan 9 tup chinor, 4 tup gujum daraxtlari kesib olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari 1 million 350 ming so‘m miqdorida jarima va 24 million 57 ming so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sho‘rchida tuman hokimining soxta hujjatlarga asoslanib chiqargan qarori tufayli 160 tup tut daraxti kesib tashlangandi. Shuningdek, «Denov tuman yo‘llardan foydalanish UK»ning uchastka bo‘limi boshlig‘i J.F. tomonidan Denov shahrida 109 tup noyob daraxt kesib tashlangandi. Bundan tashqari, Termiz shahrida ham xalqaro savdo markazi qurish uchun ajratilgan hududda ko‘plab daraxtlar kesilgandi.
Mavzuga oid
21:03 / 01.04.2022
Zamin fondi aksiyasi doirasida Toshkentning 13 gektardan oshiq maydoniga daraxt ekildi
10:50 / 18.03.2022
Toshkent shahrida avtomashinalar ustiga daraxt quladi
23:08 / 12.03.2022
Sobiq «Tata» mehmonxonasi yaqinida mashinalar ustiga yirik daraxt quladi
16:26 / 10.03.2022