Iqtisodiyot | 16:24 / 30.11.2021
66942
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors’dan navbatdagi «xushxabar». Oldindan puli to‘langan avtomobillarni olish muddati yana 2 oyga uzaytirildi

Avtomobili noyabrda chiqishini kutayotganlar kelasi yil yanvargacha, dekabrga deb shartnoma tuzganlar esa fevralgacha sabr qilishga majbur bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

UzAuto Motors kompaniyasi shartnoma bo‘yicha 2021 yil noyabr-dekabr oylarida avtomobil olishini kutayotgan mijozlarga avtomobillari yana 2 oy o‘tib yetkazib berilishini ma'lum qilmoqda.

«Kompaniya avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma'lum qiladi.

Boshqacha aytganda, UzAuto Motors’ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli kompaniya 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda ko‘rsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur», deyilgan bayonotda.

Avvalroq, kompaniya tomonidan oktabr va noyabr oylarida Lacetti va Labo avtomobillarini kutayotgan xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati mavjud emasligi sabab xaridorlar yana 2 oygacha kutishlariga to‘g‘ri kelishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid