Jamiyat | 13:20 / 01.12.2021
10671
2 daqiqa o‘qiladi

“Beton devor tagida qolib ketdim, bir oyog‘imni kesishdi” – matonatli yigit hikoyasi

Tirikchilik dardida Rossiyada ishlab yurgan chog‘larida yuz bergan baxsiz hodisa tufayli bir oyog‘idan ajragan qashqadaryolik Nodir Avazov bir umrga nogironga aylangan. O‘sha paytda u 20 yoshda edi. Yigit hayotining qolgan qismini sog‘ odamlar kabi o‘tkazishni istadi.

Uzoq davom etgan davolanishlardan so‘ng O‘zbekistonga qaytib protez oyoq bilan o‘ziga mos ish topib mehnat qiladi.

“20 yoshimda Rossiyada ishlab yurgan paytlarim beton devor tagida qolib ketganman. 6-7 oy shifoxonalarda yotdim. Keyin qaytib kelib, “Paynet”da ishladim. Nafaqam yetmasligi sabab yana Moskvaga ishlashga ketdim. U yerda o‘tirib ishlaydigan ishlarda, tikuv sexlarida ishladim. Operatsiya jarayonida oyog‘imga suyaklarni jipslashtirish uchun maxsus temirlar qo‘yilgan edi. Shifokorlar shu temirni 3 yilda almashtirish kerakligini aytishgan edi. Lekin imkon bo‘lmagani uchun e'tibor berolmadim bunga. Hozir shu oyog‘imdan yiring oqib azob beradi...

Shuning uchun hozir oyog‘imni qayta operatsiya qilib temirlarni olib tashlash zarur. Operatsiyadan keyin yana yangi protez olishim kerak.

Ko‘zi ko‘rmaydiganlar, qulog‘i eshitmaydiganlar, tug‘ma nogironlar yashab yurishibdi. Menga hech narsa bo‘lgani yo‘q. Albatta o‘z yo‘limni topib ketaman. Shuning uchun ham ikkilanmasdan oyog‘imni kesishlariga rozi bo‘lganman”, deydi u.

Yigitning qaramog‘ida onasi va turmush o‘rtog‘i bor. Yosh oila yaqinda farzandli bo‘lishlari kerak. Kengaygan oilaning butun mas'uliyati uning zimmasida. Oila boshlig‘i sifatida ishlab pul topishi, uzoq va uzluksiz davolanishi uchun unga yordam zarur.

Nodir Avazovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0610 4289 8022 Nodir Avazov nomida

Humo: 9860 0803 2437 8878 Nodir Avazov nomida

Mavzuga oid