O‘zbekiston | 21:25 / 01.12.2021
9482
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya FXX direktorini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston–Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. 2021 yil 19 noyabr kuni Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholandi.

Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan, terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid