O‘zbekiston | 10:56 / 02.12.2021
5123
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiyaning nufuzli universiteti rektoriga Toshkent davlat stomatologiya instituti faxriy professori unvoni berildi

Toshkent davlat stomatologiya institutiga Finlandiyaning nufuzli JAMK universiteti professorlari X.Pussa va Y.Xeykillya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Toshkent davlat stomatologiya institutida o‘quv, ilmiy va amaliy jarayonlarni rivojlantirish, institut pedagog-o‘qituvchilari kompetentligini oshirish, talabalarning o‘qish jarayoniga qiziqishini kuchaytirish, institut nufuzini xalqaro maydonda oshirishga qo‘shgan hissasi uchun JAMK universiteti professorlariga faxriy professor unvoni berildi.

Foto: Toshkent davlat stomatologiya instituti

E'tirof etish kerak, Toshkent davlat stomatologiya instituti va JAMK universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davolash-profilaktika muassasalariga rahbar kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida ta'lim dasturi ishlab chiqildi, akademik mobillik dasturlari asosida ma'ruza va seminar mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Kelajakka yo‘naltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ta'lim tizimi yaratilishi, davlat innovatsion rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lib, jamiyatning dinamik iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishi asosi va fuqarolar farovonligining muhim omili bo‘lib hisoblanadi.

 

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid