O‘zbekiston | 16:54 / 03.12.2021
1963
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan korxona aniqlandi

Mazkur korxona elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani sababli elektr ta'minoti korxonasiga 658 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Foto: "Andijon HeTK" AJ Axborot xizmati

"Andijon HeTK" AJ axborot xizmati xabar berishicha, Andijon shahar “Nayman” ko‘chasi 30-uyda joylashgan “Muborak tong niholi 2019” MChJga qarashli cho‘yanni qayta ishlash sexi tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga zid ravishda shartnoma tuzmagan holda elektr energiyasidan foydalanayotganligi aniqlandi. 

Qayd etilishicha, qayta hisob- kitobga ko‘ra, iste'molchi tomonidan elektr ta'minoti korxonasiga 658 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Foto: "Andijon HeTK" AJ Axborot xizmati

Ushbu holat bo‘yicha jamlangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.

Avvalroq, 19 mlrd so‘mlik benzin mahsulotlari talon-toroj qilingan Andijon neft bazasi ishi sudga oshirilganligi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid