Buxoroda ikki fuqaroning o‘zaro janjali qotillik bilan yakun topdi
Buxoro tumanida 28 noyabr kuni qotillik jinoyati sodir etildi. Fuqaro o‘zaro janjal oqibatida turmush o‘rtog‘ining jiyanini pichoqladi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, tumanning Xonobod mahallasida yashovchi 50 yoshli K.R. Chorbakr mahallasida yashovchi, turmush o‘rtog‘ining jiyani bo‘lgan 41 yoshli G‘.T. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal jarayonida K.R. qaynjiyanining ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida G‘.T. kasalxonaga yetib bormasdan, vafot etgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchi qamoqqa olingan.
Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov, IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev hamda tegishli mas'ullar ishtirokida mahallada jinoyat muhokamasi o‘tkazilgan. Muhokamada holatning kelib chiqish sabablari birma-bir tahlil qilinib, kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun mas'ullarga aniq ko‘rsatmalar berilgan.
Oldinroq Buxoroda 70 yoshli fuqaro qo‘shnisining qotiliga aylangandi.
Mavzuga oid
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
11:44 / 30.10.2024
3 yoshli bolaning qotili Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanmoqda
20:16 / 19.10.2024