O‘zbekiston | 12:00 / 03.12.2021
5102
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zsanoatqurilishbank ACCA Approved Employer maqomini oldi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

"O‘zsanoatqurilishbank" ATB moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni professional rivojlantirishning xalqaro standartlariga muvofiqlik maqomini oldi. Sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasining (ACCA) mazkur sertifikati bankka professionallikni qadrlaydigan va o‘z xodimlarining salohiyatini rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor qaratadigan mas’ul ish beruvchi maqomini beradi.

– "O‘zsanoatqurilishbank" ATB akkreditatsiyadan o‘tgan ACCA ish beruvchi maqomini olgan Markaziy Osiyodagi birinchi va hozirgi kunda yagona bank hisoblanadi, – dedi Bank buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti direktori Oybek Vohidov. – Hech kimga sir emaski, kompaniyalar uchun eng yaxshi aktiv bu – inson resursidir. Shuni inobatga olib, biz O‘zbekiston bozoridagi eng yaxshi kadrlarni tanlab olib, ularni rivojlantirishga intilamiz. Shu bilan birga mazkur sertifikat bankimiz ACCA uyushmasi a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam ko‘rsatadigan ish beruvchi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

ACCA akkreditatsiyalangan ish beruvchisi maqomining olinishi bankka mahalliy va xorijiy bozorlardagi eng yaxshi mutaxassislarni ishga jalb qilish va natijada bank biznesini yanada barqaror rivojlantirishga keng yo‘l ochadi. Ta’kidlash kerakki, O‘zsanoatqurilishbank xodimlari bo‘lgan ACCA talabalari PER (amaliy tajriba) talablaridan ozod qilinadi, bu ularga ACCAga a’zolikni eng qisqa vaqt ichida qo‘lga kiritish imkonini beradi.

O‘zsanoatqurilishbank ACCA bilan hamkorlikni davom ettiradi.

O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid