Surxondaryoda hujjatsiz mashina boshqargan haydovchi YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lganda ushlandi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida hujjatsiz mashina boshqargan haydovchi YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lganda ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 1 dekabr kuni 4R-100 avtomobil yo‘lining Oltinsoy tumani, Qoratepa mahallasi hududidan o‘tgan 150-kilometrida YPX xodimi Nexia mashinasini to‘xtatgan. Tekshiruv davomida haydovchining me'yoriy hujjatlari yo‘qligi ma'lum bo‘lgan va unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Oradan biroz o‘tib, haydovchi A.Q. mashinani jarima maydonidan olib chiqish va ko‘rilgan chorani bekor qilinishini so‘rab YPX xodimiga 1 million so‘m miqdorida pora taklif qilgan. YPX xodimi viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1 dekabr kuni soat 20:30larda 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Q. Oltinsoy tumani hududida joylashgan jarima maydoni yonida YPX xodimi Sh.Sharipovga 1 million so‘mni pora tariqasida berayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan va holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024