O‘zbekiston | 20:12 / 03.12.2021
3511
1 daqiqa o‘qiladi

Viloyat hokimi onkologik bemorlarga 5 mln so‘mdan moddiy yordam berdi

Andijonda 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida Respublika Onkologiya radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida davolanayotgan 20 nafar bemor holidan xabar olindi.

Foto: KUN.UZ

Viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tashabbusi bilan ularning har biriga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan 5 mln so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatilib, qimmatbaho sovg‘alar ham berildi. Shuningdek, onkologik bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh shifokorlarga ham sovg‘alar taqdim etildi.

Bundan tashqari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyat bo‘limi tomonidan 125 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar ishtirokida tantanali xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov qatnashdi va tadbir qatnashchilariga hokimlik sovg‘alarini taqdim etdi.

Jumladan, imkoniyati cheklangan yoshlarning 7 nafariga nogironlik aravachasi, 6 nafariga eshitish moslamasi berildi. Shuningdek tadbir ishtirokchilariga 3 turdagi jami 375 ta badiiy kitob jamlanmasi, choyshab to‘plamlari hamda 1 ta kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.

Mavzuga oid