O‘zbekiston | 08:02 / 04.12.2021
2096
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida qarzdorlik yo‘qligi haqida ma'lumotnoma berish evaziga 500 AQSh dollari olgan boshliq o‘rinbosari ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent tumanida uy-joy kommunal xo‘jaligi ekspluatatsiya bo‘yicha boshliq o‘rinbosari «N.F.» MChJning ichimlik suvidan qarzdorligi yo‘qligi haqida ma'lumotnoma berish evaziga 500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «M.O.H» MChJning Toshkent tumani uy-joy kommunal xo‘jaligi ekspluatatsiya bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Sh.K. «N.F.» MChJning ichimlik suvidan 7,9 mln so‘mlik qarzdorligini elektron tizimga kiritmaslik hamda qarzdorligi yo‘qligi haqida ma'lumotnoma berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid