O‘zbekiston | 09:31 / 06.12.2021
8805
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston guruch importini oshirdi

Guruch importi hajmi 19,3 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Foto: Getty Images

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna guruch import qilgan. 

Qayd etilishicha, guruch importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 19,3 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p guruch import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 26,5 ming tonna;
  • Pokiston – 223,2 tonna;
  • Xitoy – 60 tonna; 
  • Hindiston – 23 tonna; 
  • Rossiya – 12 tonna;
  • Litva – 2 tonna.

Bundan oldin, kartoshka importi qariyb 103 ming tonnaga oshgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid