Jamiyat | 19:52 / 10.12.2021
2603
1 daqiqa o‘qiladi
Andijon viloyati jurnalistlar ijodiy uyushmasiga yangi rahbar saylandi
10 dekabr kuni Andijon shahrida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyat bo‘limining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi rahbari Olimjon O‘sarov ishtirok etgan yig‘ilishda Andijon viloyat bo‘limiga 14 yil mobaynida rahbarlik qilib kelgan Nazirjon Saidov salomatligidagi muammolar sababli o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.
“Andijon tongi” gazetasi muharriri Mahpuraxon Artiqova Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi raisi lavozimiga saylandi.