Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy jamoasida to‘p surgan o‘yinchilardan iborat ramziy jamoasini tuzdi
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov «Ofsayd» ko‘rsatuvi mehmoni bo‘lib, milliy jamoaning eng kuchli o‘yinchilaridan iborat ramziy jamoasini tuzdi.
«Agar men bilan o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzish kerak bo‘lsa Ignatiy Nesterovni darvozaga qo‘yaman. Yo‘q, milliy jamoada o‘ynagan eng yaxshi o‘yinchilardan iborat ramziy jamoa deyilsa, unda tarkib biroz o‘zgaradi.
Darvozaga Pavel Bugaloni qo‘yaman. Himoya markaziga Andrey Fyodorov va Baxtiyor Ashurmatov, o‘ng qanotga Islom Inomov, chapda Vitaliy Denisov.
Maydon markaziga – Aziz Haydarov, Mirjalol Qosimov, Temur Kapadze.
Hujum chizig‘iga esa Maksim Shatskix, Aleksandr Geynrix va Eldor Shomurodovni tanlagan bo‘lardim.
Bosh murabbiy? Valeriy Nepomnyashiyni qo‘ygan bo‘lardim», - deydi Odil Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov 2007 yildan 2021 yilning yozigacha O‘zbekiston milliy jamoasi safida to‘p surib, jamoa JCh-2022 uchinchi saralash bosqichiga chiqa olmaganidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
Mavzuga oid
04:42 / 10.09.2023
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda AQShga mag‘lub bo‘ldi
22:31 / 14.06.2022
O‘zbekiston Tailandni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma oldi
15:06 / 14.06.2022
O‘zbekiston–Iroq o‘yinidagi tartibsizlik uchun 19 kishi javobgarlikka tortildi
22:48 / 08.06.2022