“Urgut” EIZda 89 milliard so‘mlik elektr energiya inshoot va tarmoqlari qurilmagani ma'lum qilindi
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar, jumladan, 89 milliard so‘mlik elektr energiya inshoot va tarmoqlari qurish ishlari bajarilmagan.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 10 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyatining navbatdagi sessiyasi o‘tkazilgan. Sessiyada bir qator masalalar muhokamasidan tashqari “Urgut” EIZ direksiyasi rahbari, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Haydarovning hisoboti tinglangan.
J.Haydarovga ko‘ra, bugungacha “Urgut” EIZ tarkibidagi massivlarda 31,7 milliard so‘mlik 25,36 kilometr havo elektr tarmog‘i tortilgan. Jumladan, Mergancha massivida 25000 kVa, Sariqtepa massivida 16000 kVa, Sazag‘on massivida 16000 kVa quvvatga ega nimstansiyalar qurilgan.
Shu bilan birga, bu sohada 89 milliard so‘mlik ishlar bajarilmagan yoki chala qoldirilgan. Mergancha massivida 1 ta RP qurilmasi o‘rnatish, Sazag‘on massivida 16000 kVali nimstansiyaning 2-bosqichini qurish, Do‘stlik massivida 2,5 kilometr havo elektr tarmog‘i va 1 ta nimstansiya qurish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Mavzuga oid
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
10:27 / 25.08.2023
Urgutda «Malibu-2» urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
10:13 / 05.08.2023