YeChL 1/8 finaliga qaytadan qur’a tashlandi
Bugun, 13 dekabr kuni UYeFAning Nonda joylashgan shtab-kvartirasida Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qaytadan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi qur’ada ham Messi va «PSJ» hamda Ronaldu va «MYu»ga oson raqib tushmadi. «Yunayted» Ispaniyaning amaldagi chempioni «Atletiko»ga qarshi saf torsa, «PSJ» La Liga peshqadami «Real»ga to‘qnash keldi. Messi, Neymar, Mbappe va Serxio Ramosning Madrid klubiga qarshi o‘yini shubhasiz markaziy maqomga ega.
YeChL 1/8 final juftliklari:
- «Zalsburg» (Avstriya) – «Bavariya» (Germaniya)
- «Sporting» (Portugaliya) – «Manchester Siti» (Angliya)
- «Benfika» (Portugaliya) – «Ayaks» (Niderlandiya)
- «Chelsi» (Angliya) – «Lill» (Fransiya)
- «Atletiko» (Ispaniya) – «Manchester Yunayted» (Angliya)
- «Vilyarreal» (Ispaniya) – «Yuventus» (Italiya)
- «Inter» (Italiya) – «Liverpul» (Angliya)
- «PSJ» (Fransiya) – «Real Madrid» (Ispaniya).
Nimchorakfinal bahslari odatdagidek bahorda o‘tib, uy-safar tizimida o‘tkaziladi. Saralangan jamoalar javob uchrashuvini uyda o‘tkazishadi. 1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 15/16 – 22/23 fevral kunlari, javob bahslari esa 8/9 – 15/16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
09:14 / 15.07.2024
Argentina 16-bor Amerika Kubogida g‘olib bo‘lib, mutlaq rekordchiga aylandi
15:23 / 10.07.2024
Messi gol urdi, Argentina majburiy dasturni bajardi
01:58 / 02.06.2024