Buxoroda shifokor pora olayotganda qo‘lga tushdi
Romitan tumanida nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berish evaziga tamagirlik qilgan shifokor qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Romitan tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori fuqaroni aldab, unga vakolatli tanishlari orqali 500 AQSh dollari evaziga 2-guruh nogironlik nafaqasi rasmiylashtirib berishni va'da qilgan. U o‘z xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 500 AQSh dollarini pora tariqasida olayotganda viloyat IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:42
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:48 / 09.10.2024