“Bolalarimga nima deyman?” – 7 yilda 7 marta operatsiya qilingan bemor qismati
Uch farzandning otasi Muzaffar Hayitboyev 7 yildan buyon xastalik bilan kurashib keladi. Undagi jigar sirrozi butun oilaning, yaqinlarining kulfatiga aylangan. Ahvoli tobora og‘irlashayotgan yigit xorijda o‘tkaziladigan jigar ko‘chirish amaliyoti bilan shifo topishi mumkinligi oila uchun yagona umid bo‘lib turibdi.
“Turmush o‘rtog‘im 2014 yildan beri 7 marotaba turli jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirdi. Oxirgi vaqtda ahvoli judayam og‘irlashdi. Birdan bir yo‘li jigar ko‘chirish operatsiyasi ekanligini aytishdi shifokorlar.
Unga bir narsa bo‘lsa bolalarimga nima deyman? Ular ham boshqalarga o‘xshab otasi bilan birga yurishni xohlashadi. Lekin otasining ko‘p vaqt shifoxonada bo‘lishi sabab bunga imkon bo‘lmaydi”, deydi bemorning turmush o‘rtog‘i Dilfuza Hayitboyeva.
Ukasining ahvolini ko‘rib undan ko‘proq og‘riq his qilayotgan opasi o‘z jigarining bir parchasini unga bermoqchi: “Hech kimning jigari xastalanmasin. Ukamning dardidan onam qandli diabet kasalligini orttirdilar. Tinimsiz qon bosimi ko‘tariladi.
Ukam hali hech narsa ko‘rmadi hayotda. Farzandlari judayam yosh. Turmush o‘rtog‘im bilan kelishib donor bo‘lishga rozi bo‘ldim. Mening jigarimning bir parchasi bilan jigarim sog‘ayib ketsa xursand bo‘laman”, deydi opa.
Muzaffarning hayotdan umidlari ko‘p. Buning uchun u sog‘ayib farzandlari va yaqinlari bag‘riga qaytishi lozim. Saxiylarning yordami va duolari bilan bu umidlar amalga oshsin.
Muzaffar Hayitboyevga tegishli kartalar:
O‘zkard: 8600 0423 6518 4950
Humo: 9860 0301 4995 6564
Viza: 4187 8000 3041 0948
Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi - Azimjon Vohidov.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024