Jamiyat | 16:11 / 16.12.2021
12632
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yaqin tanishi bo‘lgan ayolning fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul olgan yigit ushlandi

Foto: Tergov departamenti

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaqin munosabatda bo‘lib kelgan tanishining fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib 5 million so‘m pul olgan yigit ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 4 dekabr kuni soat 11:50 da viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 35 yoshli I.X.ning shaxsiy hayotiga oid fotosuratlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga 5,8 million so‘m pul berishini talab qilgan 33 yoshli Sh.J. ushlangan.

J.Sh. 2015 yildan buyon yaqin munosabatda bo‘lib yurgan ayoldan qo‘l telefonida mavjud bo‘lgan shaxsiy fotosuratlarni tarqatmaslik evaziga talab qilingan pullardan 5 million so‘mni Denov tumanida I.X.dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid