Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga 8ta mahalla o‘tkazildi
Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Toshkent shahar Yashnobod tumaniga o‘tkazilgan obektlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasiga ko‘ra, Yashnobod tumaniga 8ta mahalla o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarining o‘zgarishi yuzasidan tegishli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hududlarda olib borilgan xatlov ishlari natijalariga ko‘ra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2 107,4 ga yer, shundan 1 002,6 ga qishloq xo‘jaligi yer maydoni hamda qator ijtimoiy obektlar o‘tkazilishi ta’minlangan.
Ijtimoiy obektlar quyidagicha:
- mahallalar – 8 ta;
- noturar joylar – 195 ta;
- turar joylar – 5091 ta;
- maktablar – 3 ta;
- maktabgacha ta’lim muassasalari – 1 ta;
- diniy muassasalar – 2 ta;
- qabristonlar – 2 ta;
- tibbiy muassasalar 1 ta.
Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Yashnobod tumani etib belgilanadi.
Mavzuga oid
21:00 / 30.09.2024
«Selxoz» hududida yirik yong‘in ro‘y berdi
09:00 / 09.09.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi
07:28 / 15.07.2024
Toshkentda aholi yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi
17:10 / 07.06.2024