Navoiyda 226 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Navoiy shahridagi MChJlardan biri tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 11 300 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga yetadigan gazdan o‘g‘rincha foydalangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 13 dekabr kuni o‘tkazilgan profilaktik tadbirda Navoiy shahridagi MChJlardan biriga qarashli issiqxonada tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib, gazdan foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan. Buning oqibatida ta’minot korxonasiga 226 million 560 ming so‘mlik zarar yetkazilgan. Ya’ni isitish mavsumida taxminan 11 300 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga yetadigan tabiiy gaz hisobga olinmay sarf qilingan.
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.
Oldinroq Navoiyda 295 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlangandi.
Mavzuga oid
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
20:55 / 23.08.2024
Toshkentning qoq markazidan murojaat: Yosh bolalarimiz bor, qachongacha issiq suvsiz o‘tiramiz?
20:30 / 04.08.2024
Avstriya 2027 yilga borib Rossiya gazidan voz kechadi
22:20 / 12.06.2024