Poroshenko so‘roqqa chaqirilishidan oldinroq Ukrainani tark etdi
U "terrorizmni moliyalashtirish", "davlatga xiyonat" "terrorchilik tashkiloti tuzish" moddalari bo‘yicha ko‘rilayotgan ish doirasida so‘roqqa chaqirilgan.
Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Ukrainani tark etdi. Bu ma’lumotni u rahbarlik qiladigan "Yevropeyskaya solidarnost" partiyasi matbuot xizmati tasdiqladi, deb xabar berdi DW.
Davlat tergov byurosining ma’lum qilishicha, Poroshenko so‘roqqa chaqirilishi to‘g‘risidagi xabarnomani olishni inkor etgan va "noma’lum yo‘nalishda ketib qolgan".
U "terrorizmni moliyalashtirish", "davlatga xiyonat" "terrorchilik tashkiloti tuzish" moddalari bo‘yicha ko‘rilayotgan ish doirasida so‘roqqa chaqirilgan.
Partiyaning ta’kidlashicha, Poroshenko "Turkiya va Polshaga avvaldan rejalashtirilgan diplomatik safar"ga yo‘l olgan. 18-19 dekabr kunlari u Turkiyada qator uchrashuvlar o‘tkazishi ma’lum qilingan.
20-21 dekabr kunlari esa Poroshenko Polshada bo‘lib o‘tadigan "Rossiya - Ukraina - NATO" xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.
Poroshenkoning advokati so‘zlariga ko‘ra, fevral boshlarida Ukraina antikorrupsiya byurosi sobiq prezidentga nisbatan ochilgan 100 mlrd dollar (89 mlrd yevro) mablag‘ o‘zlashtirilishi bo‘yicha ishni yopgan.
Yana bir ish 2014-2015 yillarda "DXR" va "LXR"dan noqonuniy ko‘mir sotib olish ishi hisoblanadi. Ukraina bosh prokurori Irina Venediktovaning bildirishicha, Ukraina davlat korxonalari ko‘mir sotib olishga 200 mln griven (6,7 mln yevro) sarflagan.
Mavzuga oid
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024